O‘zini “organ xodimi” deb tanishtirganlar tovlamachilikda gumon qilinmoqda

DXX matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Andijon shahri va Oltinko‘l tumanida yashovchi 1995, 1998 hamda 2002 yillarda tug‘ilgan uch nafar shaxs qo‘lga olindi. Ular Andijon tumanida istiqomat qiluvchi, 2004 yilda tug‘ilgan va kripto-aktivlar bilan shug‘ullanuvchi fuqaroni avtomashinaga majburan o‘tqazib, o‘zlarini go‘yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari sifatida tanishtirgani aytilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, guruh a’zolari tovlamachilik yo‘li bilan jabrlanuvchining 100 ming AQSh dollari miqdoridagi kriptovalyutasini o‘zlashtirib olgan. Evaziga ular fuqaroga 160 ming qalbaki AQSh dollari berishga uringani qayd etilgan.
Tezkor tadbir davomida soxta “xodimlar” ushlanib, ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandi hamda 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!