Samarqandda 14 yoshli qizni majburan mashinaga solib o'g'irlab ketishdi

Samarqand viloyatida 14 yoshli qiz bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan sud hukmi e’lon qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, voqea tunda sodir bo‘lgan.
Tongga qadar ulfatchilik qilib yurgan to‘rt nafar erkak uyga qaytayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan qizni ko‘rib qolgan. Qizni onasi do‘konga non olib kelish uchun yuborgani aniqlangan. Erkaklar uni noto‘g‘ri taxmin bilan “tungi klublarda yuradigan qiz” deb o‘ylab, majburan avtomobilga mindirishgan.
Qiz yig‘lab qarshilik ko‘rsatgan, qo‘lidagi pulni ko‘rsatib, do‘konga ketayotganini tushuntirgan. Dastlab erkaklarda unga nisbatan noqonuniy niyat bo‘lgani aytiladi, biroq keyinchalik ular fikridan qaytib, qizni olib ketilgan joyiga qaytarib tashlab ketishgan.
Mazkur holat sudda ko‘rib chiqilib, aybdorlarga jazo tayinlandi. Hukmga ko‘ra, erkaklardan biri 5,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, qolgan uch nafariga esa 5 yildan qamoq jazosi berilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!