Toshkent viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi kofe sotgan shaxs topildi

1 daqiqa o'qish217
Toshkent viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi kofe sotgan shaxs topildi

Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan, ilgari bir necha marta sudlangan fuqaro kuchli ta’sir qiluvchi moddalar tarkibiga ega mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanib kelgani aniqlandi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotiga ko‘ra, u xorijda ishlab chiqarilgan, tarkibida “sibutramin” moddasi mavjud bo‘lgan “30 Slimming”, “MAX Slimming”, “Keto Coffee” kabi mahsulotlarni “O‘rikzor” bozoridagi do‘konida saqlagan.

Ko‘zdan kechirish davomida u yerda jami 28 984 dona zararli mahsulot topilgan. Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 251¹ modda 5 qismi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi TIR-park hududida xorijlik haydovchi boshqaruvidagi yuk mashinasi salonidan “gashish” giyohvand modda aniqlangan. Bu bo‘yicha ham Jinoyat kodeksining 276 moddasi 1 qismi bilan jinoyat ishi ochilgan, gumonlanuvchiga “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?