Farg‘onada keliniga tegajog‘lik qilgan qaynota qamaldi

Farg‘ona viloyatida 56 yoshli erkak keliniga nisbatan nojo‘ya harakatlar qilgani uchun 5 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi. Hodisa Toshloq tumanidagi “Yuqoriqishloq” mahallasida, oila yashagan uyda sodir bo‘lgan. Erkak o‘tgan yil oktyabr oyida turmush o‘rtog‘i yo‘qligida kelinini quchoqlab, shilqimlik qilgan, keyinchalik oilaviy janjal vaqtida uning xonasiga yana kirgan.
Farg‘ona viloyatida 56 yoshli erkak keliniga nisbatan nojo‘ya harakatlar qilgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi. Sud qaroriga ko‘ra, u 5 sutkaga qamalgan.
Ish hujjatlarida qayd etilishicha, hodisa Toshloq tumanidagi “Yuqoriqishloq” mahallasida, oila yashab kelgan uyda sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan yil oktyabr oyida erkak turmush o‘rtog‘i uyda yo‘qligidan foydalanib, kelinini quchoqlab, unga nisbatan shilqimlik qilgan. U o‘g‘li keliniga yetarli mehr bermayotganini aytib, o‘zi g‘amxo‘rlik qilishini bildirgan.
Oradan vaqt o‘tib, oilaviy janjal paytida erkak yana kelinining xonasiga kirib, unga nisbatan nojo‘ya munosabat bildirgan. Jabrlanuvchi bu holat haqida qarindoshlariga va xorijda ishlayotgan turmush o‘rtog‘iga ma’lum qilgan.
Shundan so‘ng ayol farzandlari bilan ota-onasinikiga ko‘chib o‘tgan. Holat yuzasidan to‘plangan materiallar sudda ko‘rib chiqilib, erkakka nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.































Izohlar 0
…