Islomobod shahrida "Toshkent" ko‘chasi va "Bobur bog‘i" ochildi

1 daqiqa o'qish416
Islomobod shahrida "Toshkent" ko‘chasi va "Bobur bog‘i" ochildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Pokistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda. Ushbu dasturning navbatdagi muhim voqeasi 5 fevral kuni Islomobod shahrida bo‘lib o‘tdi: poytaxt ko‘chalaridan biriga “Toshkent” nomi berildi, shuningdek, yangidan barpo etiladigan yangi bog‘ga buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur nomi qo‘yilishiga bag‘ishlangan marosim tashkil etildi.

Islomobod shahrida "Toshkent" ko‘chasi va "Bobur bog‘i" ochildi

Marosimda Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bu qaror ikki davlat o‘rtasidagi yaqin tarixiy-ma’naviy bog‘liqlikni, umumiy madaniy merosni va xalqlar o‘rtasidagi qadrdon munosabatlarni yorqin aks ettirishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Islomobodda “Toshkent” nomli ko‘chaning paydo bo‘lishi va Bobur nomi bilan ataladigan yangi bog‘ning barpo etilishi O‘zbekiston – Pokiston ko‘p qirrali hamkorligi strategik bosqichga ko‘tarilganini yana bir bor tasdiqlaydi.

Islomobod shahrida "Toshkent" ko‘chasi va "Bobur bog‘i" ochildi

Ayniqsa, Bobur nomi ramziy ma’noga ega. Chunki Zahiriddin Muhammad Bobur tarixiy jihatdan ikki xalqni ma’naviy jihatdan bog‘lab turuvchi ulug‘ shaxs sifatida e’tirof etiladi. Shu bois, uning nomi bilan ataladigan bog‘ — shunchaki yashil hudud emas, balki o‘zaro hurmat, do‘stlik va mehr-oqibat rishtalari yanada mustahkamlanishiga bo‘lgan qat’iy intilishning yorqin belgisi sifatida qaralmoqda.

Qisqasi, Islomoboddagi “Toshkent” ko‘chasi va Bobur bog‘i — bu ikki mamlakat munosabatlari qog‘ozda emas, hayotning o‘zida mustahkamlanayotganining jonli isboti. Bugun nom berildi, ertaga esa shu nomlar ortidagi do‘stlik yanada kattaroq ishlarga aylanishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?