Bugun xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov tavallud topgan kun

Bugun xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov tavallud topgan kun

Bugun, 14 iyul kuni O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, O‘zbek Milliy akademik drama teatri ustoz san’atkori, Xalqaro Bobur mukofoti sovrindori Muhammadali Abduqunduzov o‘zining 74 yoshini qarshi olmoqda. U 1952 yil 14 iyulda Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanidagi Yaypan qishlog‘ida tavallud topgan.

Muhammadali Abduqunduzov teatr va kino san’atida ko‘plab unutilmas obrazlarni yaratgan iste’dodli aktyorlardan biridir. U sahnada Ferdinand, Otabek, Husayn Boyqaro, Umarxon, Cho‘lpon kabi qahramonlarni mahorat bilan gavdalantirgan. Shuningdek, "Bobur", "Layli va Majnun", "Mehrobdan chayon", "Kecha va kunduz" kabi videofilmlardagi rollari ham tomoshabinlar yodidan chuqur o‘rin olgan. Ayniqsa, uning Bobur obrazidagi vazmin va teran ijrosi aktyor ijodining eng yorqin sahifalaridan biri sifatida e’tirof etiladi.

U o‘zining yuksak mahorati, betakror ijrosi va san’atga bo‘lgan fidoyiligi bilan o‘zbek madaniyati ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Bugungi qutlug‘ sana munosabati bilan ustoz san’atkorni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz. Unga mustahkam sog‘lik, uzoq va barakali umr, oilaviy baxt-saodat, xotirjamlik hamda yangi ijodiy yutuqlar tilaymiz.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar