date

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi bog‘ O‘zbekistondan Pokistonga sovg‘a bo‘ladi

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi bog‘ O‘zbekistondan Pokistonga sovg‘a bo‘ladi

Pokiston poytaxti — Islomobod shahrida buyuk tarixiy shaxs — Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan ataladigan yangi bog‘ barpo etiladi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur bog‘ O‘zbekiston tomonidan Pokiston xalqiga do‘stlik va hamkorlik ramzi sifatida taqdim etiladi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Loyihaga ko‘ra, bog‘ Islomobod shahrida 2,5 gektar maydonda barpo etiladi. Yashil hudud zamonaviy landshaft yechimlari, sayr yo‘laklari hamda dam olish maskanlari bilan jihozlanishi rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, bog‘ qurilishi ishlariga O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri — Sherzod Hidoyatov rahbarlik qiladi. Ushbu tashabbus ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, tarixiy merosga bo‘lgan hurmatni oshirish hamda xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni chuqurlashtirishga xizmat qilishi ta’kidlanmoqda.

Yangi bog‘ Pokiston aholisi va mehmonlar uchun madaniy-ma’rifiy dam olish maskaniga aylanishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi bog‘ O‘zbekistondan Pokistonga sovg‘a bo‘ladi