08:20 / 05.03.2017
6 306

Yo‘lovchi qizning hayotini saqlab qolgan styuardessa

Yo‘lovchi qizning hayotini saqlab qolgan styuardessa

Hayotda yuz bergan quyidagi voqea ajoyib kinofilmning ssenariysiga asos bo‘lishi mumkin.

Shelia Fedrik (Shelia Fedrick) amerikalik bo‘lib, u Alaska Airlines aviakompaniyasida styuardessa bo‘lib ishlaydi. Kunlardan bir kun u Sietl shahridan San-Fransisko shahriga parvozni amalga oshirayotgan samolyotda o‘z vazifasini bajarayotganda juldur kiyimli, sarosimaga tushgan 14-15 yoshli yo‘lovchi qiz uning e’tiborini tortdi, deb yozadi Darakchi nashri.

Qizning yonida bashang kiyingan erkak o‘tirardi. “Negadir yuragim noxushlikni his qildi”, deb eslaydi Shelia. U qizdan hol-ahvol so‘raganda, uning o‘rniga erkak javob berdi. Bu holat Sheliani shubhalantirdi. Shunda u sekingina qizning qulog‘iga “Hojatxonaga bor, senga xat qoldirdim”, deb shipshidi. Qiz styuardessaning xatiga javoban unga yordam kerakligini ma’lum qildi.

Shelia bu haqda uchuvchilarga ma’lumot berdi, ular esa zudlik bilan vaziyat haqida San-Fransisko shahar polisiyasiga axborot berishdi. Samolyot aeroportga qo‘nishi bilan polisiyachilar noma’lum erkakning qo‘liga kishan soldi. Keyinchalik erkak odam savdosi bilan shug‘ullanishi, qizni sotish uchun olib ketayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Shelia Fredirik o‘zining ziyrakligi bilan bir insonning hayotini saqlab qoldi. Hozirda yo‘lovchi qizning ahvoli yaxshi, kollejda o‘qiydi, uni jinoyatchilar qo‘lidan qutqargan Shelia esa bunday shubhali vaziyatlarda inson o‘zini yo‘qotmasdan, xotirjam harakat qilishi lozimligini ta’kidlaydi.



arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yo‘lovchi qizning hayotini saqlab qolgan styuardessa