Toshkentda ijara uyida narkolaboratoriya tashkil qilgan talaba ushlandi

1 daqiqa o'qish333
Toshkentda ijara uyida narkolaboratoriya tashkil qilgan talaba ushlandi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Toshkent shahrining Mirzo Ulug'bek tumanida ijara uyida narkolaboratoriya tashkil qilgan 18 yoshli qiz va 2003 yilda tug'ilgan talaba yigit ushlandi.
  • Ular 2025 yil sentyabr oyidan buyon Telegram'dagi narkodo'kon kuratorlari topshirig'iga ko'ra sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlab kelgani aniqlangan.
  • Xonadondan 1 kg mefedron, zarur asbob-uskunalar, Yangihayot tumanidagi dala maydonidan esa yana 1 kg sintetik giyohvandlik vositasi topilgan.

Toshkent shahrida ijara uyda narkolaboratoriya tashkil etilgani aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda 18 yoshli qiz va 2003 yilda tug‘ilgan talaba yigit ijarada yashaydigan xonadonda narkolaboratoriya tashkil etgani aniqlangan.

Ular 2025 yil sentyabr oyidan buyon Telegram’dagi narkodo‘konda kuratorlar topshiriqlariga asosan prekursorlarni tashkil qilish va sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlash bilan shug‘ullanib kelgan. Mazkur manzildan 1 kg mefedron sintetik giyohvandlik vositalari hamda narkolaboratoriyada foydalanish uchun zarur bo‘lgan asbob va uskunalar daliliy ashyolar tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Tezkor tadbirda qo‘lga olingan kimyogar talaba yigitning mobil telefoniga kelgan geolokatsiya bo‘yicha yo‘nalish tashkil qilinib, Yangihayot tumanidagi dala maydonida “zakladka” usulida ko‘mib ketilgan 1 kg sintetik giyohvandlik vositalari topilgan.

Toshkentda ijara uyida narkolaboratoriya tashkil qilgan talaba ushlandi

Toshkent shahri hududida davom ettirilgan tezkor qidiruv tadbirlarida ushbu giyohvand vositalarini geolokatsiyalarga “zakladka” usulida tarqatib kelgan 9 kishi ushlangan. Ulardan 3 nafari talaba. Shuningdek, xuddi shunday zakladchik lavozimida ishlab kelgan yana 6 nafar shaxs qo‘lga olingan. Ular orasida bu ish bilan oilaviy shug‘ullanib kelgan fuqarolar ham borligi bildirilgan.

Tezkor tadbir davomida jami 10 ming dozaga teng bo‘lgan 2 kg sintetik giyohvand vositasi tarqalishining oldi olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismi «b» bandi (uyushgan guruh tomonidan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?