date

Toshkentda Novza yaqinidagi savdo majmuasida yong‘in chiqdi

Toshkentda Novza yaqinidagi savdo majmuasida yong‘in chiqdi

Bugun, 11 fevral kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanida, “Novza” metro bekati atrofida joylashgan savdo majmuasida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot berdi.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in savdo majmuasining tom qismida paydo bo‘lgan. Xabar tushishi bilanoq qutqaruv va yong‘in o‘chirish guruhlari zudlik bilan hodisa manziliga yetib borgan.

FVBB xodimlari tomonidan binoda bo‘lgan barcha fuqarolar tezkor tarzda xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan. Yong‘in esa soat 18:19 da butunlay bartaraf etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida jabrlanganlar qayd etilmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish omillari aniqlanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda Novza yaqinidagi savdo majmuasida yong‘in chiqdi