date

G‘allaorolda mansabdor o‘g‘lining yerini sotishda pora bilan ushlandi

G‘allaorolda mansabdor o‘g‘lining yerini sotishda pora bilan ushlandi

Jizzax viloyati hududida joylashgan G‘allaorol tumanida hokimlikning qishloq xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi o‘z o‘g‘liga tegishli yer maydonini sotish jarayonida noqonuniy pul talab qilgani fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati axborot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, tuman hokimligining qishloq xo‘jaligi bo‘limida bosh mutaxassis lavozimida ishlab kelgan shaxs o‘g‘liga qarashli fermer xo‘jalikning 11 gektar yer uchastkasini xaridorga 11 ming AQSH dollariga sotish bo‘yicha kelishuvga erishgan. U mazkur kelishuv doirasida avvaldan 5 ming AQSH dollarini olgan.

Shundan so‘ng, qolgan 6 ming AQSH dollarini hamda yer maydoniga oid hujjatlarni hokimlik va kadastr idoralaridagi tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni va’da qilib, qo‘shimcha ravishda 700 AQSH dollar talab qilgan.

Natijada u jami 6 700 AQSH dollarini olayotgan paytida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan firibgarlik, shuningdek pora berish ayblovlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » G‘allaorolda mansabdor o‘g‘lining yerini sotishda pora bilan ushlandi