Farg‘onada bog‘cha bolasini tok urgani holati bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

Avval xabar qilinganidek, Farg‘ona shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasida bolani yuqori kuchlanishli elektr toki urishi holati qayd etilgan edi. Mazkur voqea ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi — kasb vazifalarini lozim darajada bajarmaslik — bilan jinoyat ishi ochilgan. Ayni paytda tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…