Qatarda 11 yoshli o‘zbekistonlik bola YTHda halok bo‘ldi

1 daqiqa o'qish745
Qatarda 11 yoshli o‘zbekistonlik bola YTHda halok bo‘ldi

Qatarda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 11 yoshli bola halok bo‘ldi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrida tug‘ilgan 11 yoshli M.A. Qatardagi safari davomida YTHga uchragan. Hodisa avtotransport vositasi boshqaruvi yo‘qotilgani ortidan yuz bergani, bola esa bosh qismidan olgan og‘ir tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgani qayd etilmoqda.

Xabar kelib tushishi bilan O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonasi Qatarning tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda marhumning dafn marosimini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatgan.

Manbada ta’kidlanishicha, mintaqadagi mavjud vaziyat hamda transport-logistika bilan bog‘liq cheklovlar inobatga olingan. Shuningdek, oilaning roziligi asosida marhumning jasadi barcha milliy va diniy an’analarga muvofiq ravishda Qatarda dafn etilgan.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyining boshlarida Nyu-York shahrida ham 11 yoshli o‘zbekistonlik qiz YTH oqibatida halok bo‘lgan edi. U chorrahani piyodalar yo‘lagidan kesib o‘tayotgan vaqtida maktab avtobusi urib yuborgani xabar qilingan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?