date

O‘zbekistonda chet elliklar uchun Tax Free tizimi ishga tushadi

O‘zbekistonda chet elliklar uchun Tax Free tizimi ishga tushadi

O‘zbekistonda xorijlik sayyohlar uchun qulayliklar ko‘lami kengaymoqda. 2026-yil 1-apreldan boshlab mamlakatimizning barcha xalqaro aeroportlarida chet el fuqarolariga qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) qaytarish tizimi to‘liq yo‘lga qo‘yiladi. Bu yangilik yurtimizga tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun xarid qilish jarayonini yanada jozibador qilishi kutilmoqda.

Yangi tartibga ko‘ra, xorijliklar xarid qilgan tovarlari uchun to‘langan QQSni naqd pul ko‘rinishida yoki bank kartasiga qaytarib olishlari mumkin bo‘ladi. Bunda to‘lovning 85 foizi sayyohga qaytarilsa, qolgan 15 foizi xizmat ko‘rsatuvchi operatorga yo‘naltiriladi. Bank kartasiga o‘tkazmalar tovarlar olib chiqib ketilganidan so‘ng uch ish kuni ichida amalga oshiriladi.

Shuningdek, tizimdan foydalanish uchun minimal xarid qiymati 300 ming so‘m etib belgilandi. Muhim o‘zgarishlardan yana biri shundaki, "tax free" tizimi tatbiq etiladigan tovarlar ro‘yxatidagi cheklovlar bekor qilinmoqda. Endilikda oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari barcha turdagi tovarlar uchun ushbu imtiyozdan foydalanish imkoniyati yaratiladi. Bu qadam O‘zbekistonning turizm salohiyatini oshirish va xalqaro standartlarni joriy etish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda chet elliklar uchun Tax Free tizimi ishga tushadi