Firibgarlik va poraxo'rlik bilan bog'liq holatlar fosh etildi

1 daqiqa o'qish221
Firibgarlik va poraxo'rlik bilan bog'liq holatlar fosh etildi

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan navbatdagi tezkor tadbirlar o'tkazildi. Natijada Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida mansab vakolatini suiiste'mol qilgan shaxslarning noqonuniy harakatlariga chek qo'yildi.

Xususan, Samarqand viloyati Pastdarg'om tumanida Davlat kadastrlari palatasi filiali muhandisi o'z tanishlari orqali fuqaroning 2 sotix yer maydonini davlat ro'yxatidan o'tkazib berishni va'da qilgan. U ushbu xizmati evaziga 2,5 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida DXX va Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo'lga olindi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida ham shunga o'xshash holat qayd etildi. Davlat soliq inspeksiyasining sobiq bosh inspektori fermer xo'jaligining egalik huquqini sud orqali tiklab berishni va'da qilib, fuqarodan 10 million so'm talab qilgan. U pul mablag'larini olayotgan paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirgi kunda har ikkala holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar fuqarolarni bunday noqonuniy takliflarga aldanib qolmaslikka va korrupsiya holatlariga duch kelganda zudlik bilan xabar berishga chaqirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?