Soliq qarzdorligi uchun texnika xatlandi

Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikning ortib borishi davlat byudjeti daromadlariga, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Jizzax viloyati Soliq boshqarmasining qaroriga asosan soliq majburiyatlarini bajarmagan “E.O” fermer xo‘jaligidan 66 million so‘m miqdoridagi soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish haqidagi ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosining Do‘stlik tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushdi.
Davlat ijrochilari tomonidan qarzdorning bank hisob raqamlariga band solinib, mavjud mol-mulklariga taqiq qo‘yildi.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli ekinlarni dorilash vositasi qarzdorlikni qoplash maqsadida xatlandi.
Kelgusida mazkur texnika belgilangan tartibda auksion savdolari orqali sotilib, tushgan mablag‘ qarzdorlikni qoplashga yo‘naltirilishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!