Surxondaryoda o‘qituvchi yirik narkosavdo paytida ushlandi

1 daqiqa o'qish265
Surxondaryoda o‘qituvchi yirik narkosavdo paytida ushlandi

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda maktab o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritib kelgan shaxs yirik miqdordagi narkotik moddani sotayotgan paytda qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bildirilishicha, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan birida ishlagan. U avval Tojikistondan narkokuryerlar orqali olib kirilgan 14 kilogramm 680 gramm opiy moddasini shartli xaridorga 180 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 273 moddasi 5 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davrida unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Ayni paytda ushbu noqonuniy savdoga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha tezkor-surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda. huquqni muhofaza qiluvchi idoralar jinoiy tarmoqning boshqa ishtirokchilarini ham aniqlash choralarini ko‘rmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?