date

Chilonzordagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi

Chilonzordagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 5 aprel kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan "Beshqo‘rg‘on" bozori hududida yong‘in kelib chiqdi. Hodisa Toshkent katta halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgani ma’lum qilindi.

Xabarlarga ko‘ra, qutqaruv xizmatlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Ayni paytda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilgan va vaziyat nazoratga olingan. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot berilmadi. Toshkent shahar FVBB mazkur holatni to‘liq nazoratga olgani bildirildi.

Shuningdek, yong‘in joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikromov ham yetib kelgan. Ma’lum qilinishicha, yong‘in soat 16:53 da qurshab olinib, tarqalishi cheklangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Chilonzordagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi