Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari 50 ming dollar olayotganda ushlandi

1 daqiqa o'qish483
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari 50 ming dollar olayotganda ushlandi

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Isomiddin Ismanov o‘z shaxsiy uyida 50 ming AQSH dollari pora olgan vaqtda qo‘lga olindi. Kun.uz‘ning prokuratura tizimidagi manbasi ushbu maʼlumotni tasdiqladi.

Maʼlum qilinishicha, hokim o‘rinbosari fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun Bobur shaharchasi hududidagi davlat zaxirasida saqlanayotgan 20 sotix yer maydonini viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi orqali auksionga qo‘yishni va uning nomiga rasmiylashtirishni va kelgusida qurilish uchun ruxsatnoma olib berishni vaʼda qilgan, buning evaziga esa 50 ming dollar talab qilgan.

Fuqaroning arizasiga asosan, 4 aprel kuni Davlat xavfsizlik xizmati va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorlikda tezkor tadbir amalga oshirdi. Hokim o‘rinbosari so‘ralgan mablag‘ni o‘z uyida olayotgan paytda ushlandi.

5 aprel kuni Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hokim o‘rinbosari protsessual tartibda ushlandi.

Isomiddin Ismanov 2025 yil dekabridan buyon Andijon viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

U muqaddam Ichki ishlar vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlagan. Xususan, 2022–2025 yillarda Andijon viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan. Shuningdek, u 2021 yilda «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlangan edi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?