Toshkentda yashirin dori ombori aniqlandi, yirik zaxira fosh etildi

1 daqiqa o'qish856
Toshkentda yashirin dori ombori aniqlandi, yirik zaxira fosh etildi

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida noqonuniy dori vositalari saqlangan yashirin ombor fosh etildi.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda bojxona organlari hamkorligida amalga oshirilgan ushbu operatsiya davomida bir nechta yo‘nalishlarda nazorat kuchaytirilgani maʼlum bo‘ldi. Tekshiruvlar natijasida 1991 yilda tug‘ilgan, ushbu hududda yashovchi shaxs o‘z xonadonini noqonuniy ombor sifatida foydalanib kelgani aniqlangan.

Maʼlum bo‘lishicha, u xorijdan noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan dori vositalarini yashirin tarzda saqlab, keyinchalik poytaxtdagi ayrim dorixonalarga sotish bilan shug‘ullanib kelgan. Bu orqali u noqonuniy daromad manbai shakllantirgani qayd etilmoqda.

Omborxona to‘liq ko‘zdan kechirilganda, umumiy hisobda 119 turdagi dori vositalari mavjudligi aniqlangan. Ular 3 356 qutiga joylashtirilgan bo‘lib, jami 76 318 dona tibbiy mahsulotni tashkil etgan. Ular orasida “Frotu”, “Budenofalk”, “Gaviscon”, “Baraclude” va boshqa turdagi preparatlar ham borligi maʼlum qilindi.

Mutaxassislarning dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu dorilarning umumiy qiymati taxminan 1 milliard so‘m atrofida baholanmoqda. Barcha mahsulotlar protsessual tartibda hujjatlashtirib olingan.

Hozirda barcha dorilardan namunalar olinib, ularning sifat va xavfsizligini aniqlash maqsadida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga laboratoriya tekshiruvi uchun yuborilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan hodisa bo‘yicha dastlabki tergovga qadar tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda. Mutaxassislar bu kabi holatlar aholi salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirishini taʼkidlashmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?