Toshkent aeroportida xorijiy yo‘lovchining 6,3 kg marixuanasi to‘xtatildi

1 daqiqa o'qish236
Toshkent aeroportida xorijiy yo‘lovchining 6,3 kg marixuanasi to‘xtatildi

Foto: Bojxona qo‘mitasi

Poytaxtdagi Toshkent xalqaro aeroporti hududida yirik hajmdagi giyohvand moddani noqonuniy ravishda olib kirishga urinish qayd etildi. Davlat bojxona qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, xorijiy yo‘lovchi 6,3 kg atrofidagi “marixuana”ni mamlakatga olib kirishga harakat qilgan holda to‘xtatib qolingan.

“Toshkent-Aero” IBKning chegara bojxona posti xodimlari Bangkokdan yetib kelgan yo‘lovchilardan birining qo‘l yuki va bagajini chuqur tekshiruvdan o‘tkazgan. Nazorat jarayonida turli qadoqlar ichiga yashirilgan 12 dona polietilen o‘ram aniqlangan.

Belgilangan tartibda, xolislar ishtirokida o‘ramlar ochib ko‘rilganda, ularning ichidagi yashil rangli, o‘tkir hidga ega modda Markaziy bojxona laboratoriyasi xulosasiga ko‘ra, 6,3 kilogrammdan ziyod quritilgan marixuana ekanligi tasdiqlangan.

Maʼlum qilinishicha, ushbu modda O‘zbekiston hududida muomalasi qatʼiyan taqiqlangan giyohvandlik vositalari qatoriga kiradi. Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shu bilan birga, “Toshkent-Aero” IBK tezkor bo‘linmalari joriy yilning dastlabki choragida ham faol ish olib borgani qayd etildi. Ushbu davrda 15 ta holatda qariyb 30 kg giyohvand moddalar, jumladan sintetik narkotiklarning noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, musodara qilingan giyohvandlik vositalari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18 kilogrammga ko‘paygani xavotirli tendensiya sifatida baholanmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?