Toshkentda soliq qarzi uchun ikki qimmatbaho avtomobil xatlandi

Toshkentda soliq qarzi uchun ikki qimmatbaho avtomobil xatlandi

Shayxontohur tumanida 638 million so‘mlik soliq qarzini undirish jarayonida bir korxonaga tegishli ikki transport vositasi davlat ijrosiga olindi.

Majburiy ijro byurosining xabar berishicha, "K.M." MCHJdan davlat foydasiga soliq qarzini undirish haqidagi hujjat Toshkent shahar soliq boshqarmasining 2026 yil 20 apreldagi qarori asosida rasmiylashtirilgan.

Mazkur ijro hujjati 8 iyun kuni qabul qilinib, qonun talablariga muvofiq ijro ishi ochilgan.

Olib borilgan qidiruv ishlarida qarzdorga tegishli KIA Carnival va Leapmotor C10 avtomobillari topilgan. Har ikki mashina xatlanib, jarima maydonchasiga olib borilgan.

Ayni vaqtda ularning bozor qiymati mustaqil baholovchi tashkilot tomonidan aniqlanmoqda. Keyingi bosqichda transport vositalari elektron auksion orqali sotuvga qo‘yiladi.

Auksiondan tushadigan mablag‘ 638 million so‘mlik soliq qarzini qoplash uchun ishlatiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar