Kartalardan aktseptsiz yechishga yangi minimal qoldiq tartibi joriy etiladi

1 daqiqa o'qish289
Kartalardan aktseptsiz yechishga yangi minimal qoldiq tartibi joriy etiladi

2026 yil 15 apreldan boshlab mamlakatda bank kartalari orqali aktseptsiz, yaʼni mijoz roziligisiz avtomatik ravishda yechib olish operatsiyalariga yangi tartib joriy etiladi.

Yangi qoidalarga koʻra, kartalarda minimal kamaytirilmaydigan qoldiq belgilanadi. Ushbu talabga muvofiq, har bir karta hisobida doimiy ravishda kamida BHMning 3 baravari miqdorida mablagʻ saqlanishi shart boʻladi. Bu esa karta balansi toʻliq nolga tushib qolishining oldini oladi.

Yangi tizim amaliyotga kirgach, avtomatik toʻlovlar va qarzlarni undirish jarayonlari faqat belgilangan chegaradan yuqori boʻlgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi. Yaʼni majburiy yechimlar kartadagi “xavfsiz qoldiq”dan tegib oʻtmaydi.

Maʼlumot uchun, aktseptsiz yechib olishlar koʻpincha bank kreditlari, rassrochka toʻlovlari yoki boshqa moliyaviy majburiyatlarni qoplash uchun qoʻllaniladi. Bu tizim qarzdorlikni avtomatik undirishni taʼminlaydi.

UZCARD tizimi tomonidan bildirilishicha, yangi talablar bank tomonidan oldindan mijozdan olingan va OTP tasdiqlangan karta maʼlumotlariga nisbatan qoʻllanilmaydi.

Mutaxassislar fikricha, ushbu oʻzgarishlar foydalanuvchilarning moliyaviy xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi va kutilmagan toʻliq mablagʻ yechilib ketishi kabi holatlarni kamaytiradi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?