Oʻzbekiston boʻylab “Mustaqillik toʻyi” festivali keng nishonlanadi

1 daqiqa o'qish255
Oʻzbekiston boʻylab “Mustaqillik toʻyi” festivali keng nishonlanadi

Yurtimizda davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yirik madaniy-maʼrifiy loyiha — «Mustaqillik toʻyi» festivali oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda. Mazkur keng qamrovli tadbir joriy yilning may oyidan sentyabr oyigacha mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oladi.

Festival «Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» shiori ostida tashkil etilib, yurtdoshlar oʻrtasida birdamlik, vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga hurmat tuygʻularini mustahkamlashga qaratilgan.

Ushbu madaniy-maʼrifiy tashabbus Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, «Maʼrifat» targʻibotchilar jamiyati hamda boshqa qator davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida amalga oshiriladi.

Festival doirasida oʻndan ortiq ijtimoiy, maʼnaviy va madaniy loyihalar hayotga tatbiq etilishi koʻzda tutilgan. Bu loyihalar orqali aholining turli qatlamlari, ayniqsa yoshlar oʻrtasida milliy gʻoyalar va zamonaviy taraqqiyotga oid qarashlar uygʻunlashtiriladi.

Maʼlum qilinishicha, mazkur festival haqida Respublika tashkiliy qoʻmitasi yigʻilishida batafsil maʼlumot berilgan. Tadbirlar dasturi har bir hududning oʻziga xosligi va madaniy anʼanalarini hisobga olgan holda shakllantiriladi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu tashabbus ilk bor Prezidentning Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlashga bagʻishlangan qarorida ilgari surilgan edi. Festival nafaqat bayramona muhit yaratish, balki jamiyatda yangi gʻoya va maqsadlarni targʻib qilishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?