20:42 / 07.04.2017
7 216

O‘zbekiston Madaniyat vaziri: “Bu yil Rossiyada O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi”


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan 4-5 aprel kunlari Rossiya Federasiyasida bo‘lgan edi. Tashrif davomida ko‘plab sohalarda ikki tomonlama hamkorlik yuzasidan yangi hujjatlar imzolandi.

Shavkat Mirziyoyevning Prezident sifatidagi Rossiya Federasiyasiga bo‘lgan ilk davlat tashrifida unga hamrohlik qilganlardan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Mahmud Murotov imzolangan hujjatlar haqida o‘z firini bildirdi, deb yozadi "Qalampir.uz" nashri.

Mahmud Murotov, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri:

– Prezidentimizning Rossiyaga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar samarasida ikki mamlakatning hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu natijalarni madaniy-gumanitar sohada ham ko‘rish mumkin.

A.Pushkin nomidagi davlat tasviriy san’at muzeyida tashkil etilgan I.Saviskiy nomidagi davlat san’at muzeyi fondidagi asarlarning birinchi sayyor ko‘rgazmasi bu boradagi ishlarning amaliy ifodasi, desak bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o‘rtasida 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan madaniy-gumanitar sohada hamkorlik qilish to‘g‘risidagi dastur va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 19 oktyabrdagi “Oltin kuz” xalqaro san’at festivalini o‘tkazish to‘g‘risidagi majlis bayoni ijrosi yuzasidan mamlakatimizda Rossiya kunlari bo‘lib o‘tdi. Tadbirlarda Rossiyaning taniqli madaniyat va san’at namoyandalari ishtirok etganini alohida ta’kidlash kerak.

Prezidentimizning davlat tashrifi chog‘ida 2017 yil Rossiyada O‘zbekiston madaniyati kunlarini o‘tkazishga kelishib olindi.

Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federasiyasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan konsertlar, foto va badiiy ko‘rgazmalar hamda boshqa madaniy tadbirlar tashkil etishga alohida e’tibor qaratiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston Madaniyat vaziri: “Bu yil Rossiyada O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi”