date

Toshkentda kuchli yomg‘irda daryo o‘rtasida qolgan baliqchi qutqarib qolindi

Toshkentda kuchli yomg‘irda daryo o‘rtasida qolgan baliqchi qutqarib qolindi

11 mayga o‘tar kechasi Toshkent shahrida kuchli yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan xavfli vaziyatda bir fuqaro qutqarib qolindi. Hodisa Yangixayot tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosida sodir bo‘lgan.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi navbatchilik qismiga kelib tushgan murojaatda, baliq ovlash uchun daryoga borgan B.M. ismli fuqaro suv o‘rtasidagi kichik orolchada qolib ketgani va mustaqil ravishda qaytib chiqa olmayotgani ma’lum qilingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kuchli yog‘ingarchilik sabab daryoda suv sathi qisqa vaqt ichida keskin oshib ketgan. Natijada fuqaroning sohilga qaytishi hayoti uchun jiddiy xavf tug‘dirgan.

Xabardan so‘ng voqea joyiga FVB qutqaruvchilari zudlik bilan yetib borgan. Maxsus qutqaruv ishlari orqali fuqaro xavfsiz hududga olib chiqilib, uning hayoti saqlab qolingan.

Mutasaddilar yog‘ingarchilik kunlari daryo va suv havzalari atrofida ehtiyotkor bo‘lish, xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish zarurligini eslatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda kuchli yomg‘irda daryo o‘rtasida qolgan baliqchi qutqarib qolindi