11:01 / 13.04.2017
7 279

Bir juft mango mevasi qariyb 4 ming dollarga sotildi

Bir juft mango mevasi qariyb 4 ming dollarga sotildi
Yaponiyaning Miyadzaki shahridagi ochiq savdolarda mango mevasining noyob turlaridan biri qariyb 3,7 ming AQSh dollariga sotildi. Kyodo axborot agentligining xabar berishicha, savdolarda Fukuoka tumanidagi do‘konlardan birining egasi g‘olib chiqqan.

U xarid qilgan mevasini peshtaxtada reklama maqsadida qo‘yib qo‘yish niyatida. Kimoshdi savdolarida hammasi bo‘lib 200dan ortiq da’vogar ishtirok etgan, deb yozadi Kun.uz nashri.

Bunday savdolarga esa mangoning mahalliy “Quyoshli turi”ning eng yaxshi namunalari qo‘yiladi – ular tarkibida shakar miqdori 15 foizdan oshmasligi va og‘irligi 350 grammdan ko‘proq bo‘lishi kerak.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, Yaponiyadan bunday turdagi auksionlar doimiy tarzda o‘tkaziladi. Masalan, o‘tgan yilning mayida Sapporo shahridagi savdolarda "Yubari" turidagi bir juft qovun 18,4 ming dollarga sotilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bir juft mango mevasi qariyb 4 ming dollarga sotildi