Bir qo‘ng‘iroqdan keyin Gentra haydovchisi mashinasidan ayrildi

Bir qo‘ng‘iroqdan keyin Gentra haydovchisi mashinasidan ayrildi

Toshkent shahrida sodir bo‘lgan g‘ayrioddiy voqea haydovchilar uchun yana bir ogohlantiruvchi misol bo‘ldi. Avtomobil egasi notanish shaxsning telefon orqali aytgan gapiga ishonib, mashinasini pult orqali ochib bergan. Oqibatda esa Gentra avtomashinasi olib qochilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 2025 yilning 9 oktyabr kuni soat 03:00 atrofida Chilonzor tumanida yuz bergan. 27 yoshli B.B. ko‘p qavatli uy oldida to‘xtab turgan Gentra oynasida qoldirilgan telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan.

U o‘zini oddiy haydovchi sifatida tanishtirib, go‘yo mazkur avtomashina uning transport vositasi harakatiga xalaqit berayotganini aytgan. Shundan so‘ng avtomobil egasidan eshik qulfini masofadan turib ochib turishini so‘rab, mashinasini chiqargach Gentra'ni yana avvalgi joyiga qo‘yishini va’da qilgan.

Biroq mashinaga o‘tirgan shaxs aytgan gapida turmagan. Avtomobil egasi shubhalanib tashqariga chiqqanida esa Gentra joyida yo‘qligini ko‘rgan va darhol huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.

Tezkor qidiruv tadbirlari natijasida gumonlanuvchi shu kuniyoq ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining transport vositasini olib qochishga oid moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish Chilonzor tuman jinoyat ishlari sudida ko‘rib chiqildi.

Sud jarayonida aniqlanishicha, B.B. 2023 yildan buyon Respublika ruhiy-asab kasalliklari klinik shifoxonasida ro‘yxatda turgan. Sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, u qilmishni aqli noraso holatda sodir etgan deb topildi.

Shu sababli jinoyat ishi tugatildi. Sud qarori bilan unga nisbatan jazo emas, balki tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanildi. Fuqaro Respublika ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasiga majburiy davolanish uchun yuborildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar