Farangiz Abdazova tug‘ilajak farzandining jinsini ma’lum qildi

Farangiz Abdazova tug‘ilajak farzandining jinsini ma’lum qildi

Aktrisa Farangiz Abdazova Instagram sahifasi orqali muxlislari bilan quvonchli yangilikni bo‘lishdi. San’atkor o‘ziga xos "gender party" tashkil qilib, tug‘ilajak farzandining jinsini yaqin dugonalari va kuzatuvchilariga ma’lum qildi.

Aktrisaning aytishicha, u va turmush o‘rtog‘i farzandining jinsini avvaldan bilishgan. Biroq bu quvonchli sirni yaqin dugonalari hamda muxlislari bilan birgalikda ochishni istashgan.

“Men va turmush o‘rtog‘im farzandimizning jinsini bilamiz. Bu gender party esa yaqin dugonalarim va siz, aziz muxlislarim uchun”, — dedi Farangiz Abdazova.

Videoda aktrisaning ikki dugonasi maxsus tayyorlangan tortni fujir bilan kesadi. Tort ichidan ko‘k rangli krem chiqqach, Abdazovlar oilasi o‘g‘il farzand kutayotgani ma’lum bo‘ladi. Bu lahzalar yig‘ilganlar tomonidan olqish va quvonch bilan kutib olinadi.

Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda qisqa fursatda keng tarqaldi. Muxlislar izohlarda aktrisani samimiy tabriklab, bo‘lajak chaqaloqqa sog‘lik, baxt va nurli kelajak tilashmoqda.

Ayollar gender patida pirogni kesib xursandchilik qilishmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar