Yevropadagi jazirama qurbonlari ortmoqda: 4 kunda 212 kishi halok bo‘ldi

Yevropadagi jazirama qurbonlari ortmoqda: 4 kunda 212 kishi halok bo‘ldi
Qisqacha

Yevropa davlatlarini qamrab olgan anomal issiq va jazirama tufayli bir nechta mamlakatlarda og'ir oqibatlar kuzatilib, insonlar halok bo'lmoqda. Jumladan, Ispaniyada atigi to'rt kun ichida yuqori harorat sabab 212 nafar inson hayotdan ko'z yumgan. Shuningdek, Fransiyada suv havzalarida 48 kishi cho'kib ketgan hamda avtomobilda qarovsiz qoldirilgan uch nafar bola havo yetishmasligidan vafot etgan.

Yevropa mamlakatlarini qamrab olgan anomal issiq havo to‘lqini tobora og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarmoqda. Jazirama tufayli bir necha davlatlarda o‘lim holatlari ko‘payib, favqulodda choralar ko‘rilmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ispaniyada atigi to‘rt kun ichida oftob urishi va yuqori harorat bilan bog‘liq holatlar sabab 212 nafar inson hayotdan ko‘z yumgan.

Buyuk Britaniyada esa rekord darajadagi issiq ayrim shifoxonalarda tibbiy uskunalar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Vaziyat keskinlashgani sabab ayrim hududlarda "kritik holat" e’lon qilingan.

Italiyada jazirama sabab ochiq havoda ishlashga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Germaniyada esa yuqori harorat tufayli rejalashtirilgan marafon musobaqasi bekor qilindi. Bundan tashqari, suv havzalarida cho‘milish vaqtida 20 nafardan ortiq kishi halok bo‘lgani qayd etildi.

Fransiyada ham jazirama og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lmoqda. Mamlakatda 48 kishi cho‘kib ketgan, shuningdek, avtomobilda qarovsiz qoldirilgan uch nafar bola havo yetishmasligi oqibatida vafot etgani ma’lum qilindi.

Mutaxassislar aholini zarurat bo‘lmasa jazirama paytida tashqariga chiqmaslikka, ko‘proq suyuqlik iste’mol qilishga va bolalarni hamda uy hayvonlarini hech qachon yopiq avtomobilda qoldirmaslikka chaqirmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar