Bektemirda aholi tinchligini buzgan shaxs bo‘yicha tekshiruv boshlandi

Bektemirda aholi tinchligini buzgan shaxs bo‘yicha tekshiruv boshlandi
Qisqacha

Bektemir tumanidagi ko‘p qavatli uyda fuqarolarning tinchligini buzgan shaxs yuzasidan tekshiruv boshlandi. Hodisa 26 iyun kuni soat 23:55 atrofida Xusayn Boyqaro mahallasida sodir bo‘lib, unda 1970 yilda tug‘ilgan X.B. hech qanday sababsiz eshiklarni taqillatib bezovta qilgan. Shuningdek, mazkur shaxs tungi vaqtda shovqin ko‘tarib, 1982 yilda tug‘ilgan B.E. bilan janjallashgani aniqlandi.

Bektemir tumanida ko‘p qavatli uy aholisi tinchligini buzgan shaxs bilan bog‘liq holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda erkakning hech qanday sababsiz xonadonlar eshigini taqillatib, aholini bezovta qilayotgani aks etgan. Hodisa 26 iyun kuni soat 23:55 atrofida Xusayn Boyqaro mahallasida sodir bo‘lgan.

Aniqlanishicha, 1970 yilda tug‘ilgan X.B. tungi vaqtda shovqin ko‘targan va 1982 yilda tug‘ilgan B.E. bilan janjallashgan.

Mazkur holat bo‘yicha Bektemir tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Uning natijasiga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar