Toshkentda dahshatli to‘qnashuv: Lacetti zarbadan ikkiga bo‘linib ketdi

Toshkent shahrida yuz bergan og‘ir yo‘l-transport hodisasi haydovchilar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida keng muhokama qilinmoqda. Kuchli to‘qnashuv oqibatida Lacetti rusumli yengil avtomobil deyarli ikki qismga ajralib ketgan.
Poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, voqea 30 iyun kuni soat 05:10 atrofida Yunusobod tumanidagi Amir Temur va Bog‘ishamol ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Lacetti rusumli avtomobil Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda, o‘ng tomondan kelayotgan Kia K5 bilan to‘qnashgan. Zarbaning kuchi shu qadar yuqori bo‘lganki, Lacetti kuzovi ikki qismga ajralib ketgan.
Hozircha hodisa oqibatida tan jarohati olganlar haqida rasmiy ma’lumot taqdim etilmagan.
Ayni vaqtda mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Mutaxassislar avariyaning aniq sabablari va barcha holatlariga huquqiy baho berish bo‘yicha tekshiruvni davom ettirmoqda.
Mas’ullar haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilish, chorrahalardan o‘tishda ehtiyotkorlikni oshirish hamda belgilangan tezlik me’yorlariga rioya qilishni so‘ramoqda.






























Izohlar 0
…