Qashqadaryoda 14 yoshli qiz zo‘rlandi, holat yuzasidan to‘rt kishi qo‘lga olindi

Qashqadaryoda 14 yoshli qiz zo‘rlandi, holat yuzasidan to‘rt kishi qo‘lga olindi

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida voyaga yetmagan qizga nisbatan sodir etilgan og‘ir jinoyat yuzasidan to‘rt nafar shaxs qo‘lga olindi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan mazkur holat bo‘yicha keng qamrovli tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 7 iyun kuni 23, 22, 21 va 20 yoshli to‘rt nafar erkak 14 yoshli qizni Damas rusumli avtomashinaga mindirib, aholi yashash hududidan tashqariga olib chiqqan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u yerda qizga nisbatan og‘ir jinoyat sodir etilgan.

Hodisa haqida xabar kelib tushgach, Yakkabog‘ tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov-tezkor guruhi voqea joyini ko‘zdan kechirib, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan ashyoviy dalillarni yig‘gan. Shuningdek, sud-tibbiy, biologik va psixologik ekspertizalar tayinlangan.

Avvaliga mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 128-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Keyinchalik to‘plangan dalillar asosida ish Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi «a» bandi bo‘yicha qayta malakalandi.

Tergov organlari tomonidan to‘rt nafar gumonlanuvchiga mazkur modda asosida ayb e’lon qilinib, ular protsessual tartibda ushlangan.

Ma’lum qilinishicha, jinoyat ishi Tergov departamenti tomonidan alohida nazoratga olingan. Dastlabki tergov harakatlari yakunlanganidan so‘ng aybdorligi isbotlangan shaxslarga nisbatan qonun doirasida tegishli choralar ko‘rilishi bildirildi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tergov manfaatlaridan kelib chiqib, ish bo‘yicha boshqa ma’lumotlar hozircha oshkor etilmasligini ma’lum qildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar