Toshkent bog‘chasidagi daxshatli kadrlar: Bolaning og‘ziga mato tiqqan tarbiyachi bo‘yicha tekshiruv boshlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi "Rayyona Kids" xususiy bog‘chasida tarbiyachining bolalarga qo‘pol munosabatda bo‘lgani aks etgan videolar tarqaldi.
Kadrlarda tarbiyachi bolalardan birining og‘ziga mato tiqqani, yana bir bolaning qo‘lini esa eshik bilan qisgani ko‘rinadi. Mazkur holat jamoatchilik orasida keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi voqeani nazoratga olganini ma’lum qildi. Holatni o‘rganish uchun maxsus ishchi guruh tuzilgan.
Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, aybdor shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan choralar ko‘rilishi aytildi. Shuningdek, litsenziya talablarini buzgan nodavlat bog‘chalarning litsenziyasini bekor qilish masalasi ham ko‘rib chiqiladi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…