Tarmoqlarda futbolchiga deb taxmin qilingan Volkswagen avtomobili aslida kimga ekanligi ochiqlandi

Tarmoqlarda futbolchiga deb taxmin qilingan Volkswagen avtomobili aslida kimga ekanligi ochiqlandi

"Prezident sovg‘asi" belgisi tushirilgan Volkswagen avtomobili aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, uni O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari bilan bog‘lashgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu avtomobil futbolchilarga emas, yosh ixtirochi Ayzada Asanovaga sovg‘a qilingan. U mashinani Olimpiya shaharchasida davlat rahbarining yoshlar bilan uchrashuvi paytida qabul qilib olgan.

Ayzada Asanova "Kelajak muhandislari" xalqaro festivalida g‘olib chiqqan. Bundan tashqari, u Belgiyada bo‘lib o‘tadigan xalqaro festivalda qatnashish uchun yo‘llanma olgan.

Demak, tarqalgan Volkswagenni milliy terma jamoa futbolchilariga berilgan sovg‘a sifatida talqin qilish asossiz. Avtomobil Ayzada Asanovaning yutug‘i uchun taqdim etilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar