“Yozishmalarni eringga yuboraman”: ayolni shantaj qilgan yigitga hukm o‘qildi

1 daqiqa o'qish209
“Yozishmalarni eringga yuboraman”: ayolni shantaj qilgan yigitga hukm o‘qildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Shahrisabz shahrida turmush qurgan ayolni shaxsiy yozishmalari bilan shantaj qilib, qariyb 86,3 million so'mlik pul va tilla taqinchoqlarni undirib kelgan yigitga sud hukmi o'qildi.
  • Shahrisabzdagi oliy ta'lim muassasasining sirtqi bo'limida o'qigan yigit ayoldan 2025 yil noyabridan 2026 yil mart oyigacha bo'lgan davrda bosim ostida pul va taqinchoqlar olgan hamda navbatdagi 10 million so'mni olayotgan vaqtida tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan qo'lga olingan.

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida turmush qurgan ayolni shaxsiy yozishmalari va audioxabarlarini oshkor qilish bilan qo‘rqitib, undan qariyb 86,3 million so‘mlik pul va tilla taqinchoqlarni undirib kelgan yigitga sud hukmi chiqarildi.

Sud hujjatlariga ko‘ra, Shahrisabzdagi oliy ta’lim muassasasining sirtqi bo‘limida tahsil olgan yigit 2025 yilda ayol bilan ijtimoiy tarmoq orqali tanishgan. Oradan ko‘p o‘tmay ular o‘rtasida yaqin munosabatlar yuzaga kelgan.

Keyinchalik yigit telefonida saqlanib qolgan yozishmalar va audioxabarlarni ayolning turmush o‘rtog‘i hamda farzandlariga yuborishi, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishi bilan qo‘rqitib, undan muntazam pul talab qila boshlagan.

Ma’lum qilinishicha, 2025 yil noyabridan 2026 yil mart oyigacha bo‘lgan davrda ayol bosim ostida yigitga bo‘lib-bo‘lib 75 million so‘m bergan. Mablag‘ topa olmagan paytlarda esa qiymati 11 million 300 ming so‘mlik tilla taqinchoqlarini topshirishga majbur bo‘lgan.

Biroq sudlanuvchi bu bilan ham cheklanmay, 2026 yil mart oyida yana 20 million so‘m talab qilgan. Ayol bunday mablag‘ni topa olmasligini aytganda, yigit unga kredit olib bo‘lsa ham pul topishni tavsiya qilgan.

Shundan so‘ng jabrlanuvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yigit talab qilgan pullarning navbatdagi qismi — 10 million so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Sud uni tovlamachilik jinoyatini sodir etganlikda aybli deb topdi. Yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplangani inobatga olinib, sudlanuvchiga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Shuningdek, jinoyatni sodir etishda foydalanilgan iPhone 13 Pro mobil telefoni ham musodara qilinib, davlat foydasiga o‘tkazildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?