O‘zbekistonda 6 oyda ish joylarida 137 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Davlat mehnat inspeksiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda mehnat faoliyati bilan bog‘liq 447 ta baxtsiz hodisa qayd etildi. Mazkur ko‘ngilsiz voqealar oqibatida jami 494 nafar fuqaro jabrlangan bo‘lib, ulardan 137 nafari halok bo‘ldi, 337 nafari og‘ir va 20 nafari yengil tan jarohati oldi. Hisobot davrida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarning 21 tasi guruhiy, 311 tasi og‘ir oqibatli, 113 tasi esa o‘lim bilan yakunlangan.
2026 yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda mehnat faoliyati bilan bog‘liq 447 ta baxtsiz hodisa qayd etildi. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi ma’lum qildi.
Hisobotga ko‘ra, hodisalarning 21 tasi guruhiy, 311 tasi og‘ir oqibatli, 113 tasi esa o‘lim bilan yakunlangan. Oqibatda jami 494 nafar fuqaro jabrlangan. Shundan 337 nafari og‘ir, 20 nafari yengil tan jarohati olgan, 137 nafari esa halok bo‘lgan.
Taqqoslash uchun, 2025 yil davomida mamlakatda 849 ta ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz hodisa sodir bo‘lib, ularda 248 kishi halok bo‘lgan edi. Demak, joriy yilning dastlabki olti oyidayoq o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarning yarmidan ko‘pi qayd etilgan.
Shuningdek, mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarda jabrlanganlar hamda ularning oila a’zolariga 10 milliard 376 million so‘m miqdorida bir martalik va oylik kompensatsiya to‘lab berilgani ma’lum qilindi.






























Izohlar 0
…