O‘zbekiston Milliy matbuot markazida pul muomalasini takomillashtirish va plastik kartochkalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish mavzuida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki joriy yilning 1 mayiga qadar 2 million 950 mingtadan ziyod plastik kartochkani muomalaga chiqargan. Joriy yilda bank 600 ming plastik kartochka sotib olishni rejalashtirgan bo‘lib, hozir 160 mingta kartochka xarid qilingan. Joylarda o‘rnatilgan terminallar 22 mingdan oshdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi "Respublikada bank plastik kartochkalari asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori plastik kartochkalardan foydalanish tizimini takomillashtirmoqda.
Bankning xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ularga zamonaviy texnika-texnologiyalardan foydalangan holda masofaviy elektron xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini oshirish borasidagi loyihalari olis hududlardagi ishbilarmonlarga ham qulaylik va imkoniyatlar yaratmoqda.
Milliy bank joriy yilning aprel oyidan boshlab Visa to‘lov tizimi bilan hamkorlikda xalqaro kartochkalar uchun internet-ekvayring xizmatlarini yo‘lga qo‘ydi. Endilikda ushbu xizmatdan foydalanadigan tadbirkorlik sub’ektlari xorijga o‘z mahsulotlarini internet orqali sotishi va sotilgan tovar uchun mablag‘larni plastik kartochkasida qabul qilib olishlari mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, milliy mahsulotlarimizning chet ellardagi savdosi oshishi, tadbirkorlik sub’ektlari hisobraqamlariga tushayotgan valyuta hajmi ko‘payishini ta’minlaydi.
Matbuot anjumanida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini rivojlantirish borasidagi yana bir qator yangiliklar va istiqboldagi rejalar xususida ma’lumot berildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»