Toshkentda Spark avtomashinasini olib qochgan shaxs qo‘lga olindi

Jamiyat1 daqiqa o'qish83
Toshkentda Spark avtomashinasini olib qochgan shaxs qo‘lga olindi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Toshkent shahrida avtomobil yuvish shoxobchasidan o'zganing Spark avtomashinasini egasining ruxsatisiz olib qochgan shaxs Bektemir tumanida tezkor xodimlar tomonidan qo'lga olindi.
  • Ma'lum bo'lishicha, gumonlanuvchi transport vositasini ehtiyot qismlarga bo'lib sotishni hamda tushgan pulni onlayn qimorga tikishni rejalashtirgan.

Foto: YHXB matbuot xizmati

Toshkent shahrida avtomobil yuvish shoxobchasidan Spark mashinasini egasining ruxsatisiz olib ketgan shaxs ushlandi.

Poytaxt YHXB matbuot xizmatiga ko‘ra, gumonlanuvchi mashinani ehtiyot qismlarga bo‘lib sotish va tushgan pulni onlayn qimorga tikishni rejalashtirganini aytgan.

Mashina «moyka»dan olib ketilgan

Hodisa Yunusobod tumanidagi avtomobil yuvish shoxobchasida sodir bo‘lgan.

Erkak Spark avtomobilini egasining ruxsatisiz olib ketgan. Shundan so‘ng huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qidiruv ishlari boshlangan.

Spark Bektemir tumanida topildi

Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda YHXB qidiruv bo‘limi xodimlari olib borgan tezkor surishtiruvlar natijasida mashina Bektemir tumanida aniqlangan.

Gumonlanuvchi ham shu hududda qo‘lga olingan.

«Maqsadim qismlarga sotish edi»

Ushlangan shaxs o‘z harakati sababini onlayn qimor bilan izohlagan.

«“Moyka”dan Spark'ni olib ketib qoldim. Bu yerga kelganimga bir soatcha bo‘ldi. Maqsadim uni ehtiyot qismlarga bo‘lib sotish edi. Onlayn qimor o‘ynayman, pul tikib yutaman deb o‘yladim», — degan u.

Hozircha bu bayonot tergovga qadar tekshiruv doirasida o‘rganilmoqda.

15 yilgacha qamoq jazosi bo‘lishi mumkin

Holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tergovga qadar tekshiruv va protsessual harakatlar olib borilmoqda.

Jinoyat kodeksining 267-moddasiga ko‘ra, transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida o‘g‘rilik yoki talonchilik yo‘li bilan olib qochish 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Shu bilan birga, shaxsning aybi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan isbotlanmaguncha u aybsiz hisoblanadi.

Poytaxt YHXB haydovchilardan mashinalarini qarovsiz qoldirmaslik, kalitlarni begona shaxslarga bermaslik va xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilishni so‘radi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?