Boshqaruv servis kompaniyalari foydasiga undiruvlar tashkil qilinmoqda

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning o'tgan davrida boshqaruv servis kompaniyalari foydasiga 2 697 ta ijro hujjati bo'yicha 2,2 mlrd so'm qarzdorlik undirildi. Ushbu yo'nalishda jami 3,4 mlrd so'mlik 3 502 ta ijro hujjati tamomlangan, qarzdorlarning daromadlari va mol-mulkiga nisbatan undiruv choralari qo'llanmoqda.
Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan sud qarorlariga asosan boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) hamda “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasi foydasiga qarzdorliklarni undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlarining ijrosini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida boshqaruv servis kompaniyalari foydasiga jami 3,4 mlrd so‘mlik 3 502 ta ijro hujjati tamomlangan bo‘lib, olib borilgan ijro harakatlari natijasida 2 697 ta ijro hujjati bo‘yicha 2,2 mlrd so‘m qarzdorlik amalda undirildi.
Shuningdek, qarzdorliklarni undirish samaradorligini ta’minlash maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda qarzdorlarning daromadlari va mol-mulkiga nisbatan undiruv choralari qo‘llanilmoqda.
Bundan tashqari, “Issiqlik manbai” DUK foydasiga jami 230 mln so‘mlik 112 ta ijro hujjati tamomlangan bo‘lib, ularning 78 tasi bo‘yicha 142 mln so‘m qarzdorlik amalda undirildi.
Mazkur yo‘nalishda ijro hujjatlarining o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash, qarzdorliklarni undirish samaradorligini oshirish hamda kommunal xizmatlar sohasidagi to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.































Izohlar 0
…