«Ijtimoiy daftarlar» doirasida 82 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ undirildi

«Ijtimoiy daftarlar» doirasida 82 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ undirildi
Qisqacha

«Temir daftar», «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari» doirasidagi qarzdorliklarni undirish natijasida 82 mlrd so'mdan ortiq mablag' undirildi. Mazkur yo'nalishda jami 1 418 ta aktiv savdoga chiqarilib, shundan 739 tasi banklar foydasiga, 540 tasi soliq qarzdorligi bo'yicha va 139 tasi boshqa toifadagi hujjatlar asosida sotuvga qo'yildi.

Ijtimoiy ahamiyatga ega «Temir daftar», «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari» doirasidagi ishlarni samarali tashkil etish, shuningdek, mavjud qarzdorliklarni undirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 82 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ undirildi.

Mazkur yo‘nalishda jami 1 418 ta aktiv savdoga chiqarilgan bo‘lib, shundan 739 tasi banklar foydasiga, 540 tasi soliq qarzdorligi bo‘yicha, 139 tasi esa boshqa toifadagi hujjatlar asosida savdoga chiqarilgan.

Amalga oshirilgan ishlar ijtimoiy daftarlarga kiritilgan fuqarolar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar