O‘zbekistonda 70 yoshdan keyin ota bo‘lganlar soni ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 2026 yilning yanvar–iyun oylarida 373 389 ta tirik tug‘ilish qayd etildi, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, tug‘ilishlar otalarning yosh guruhlari bo‘yicha ham tahlil qilingan. Eng katta ulush 25–39 yoshdagi otalar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ushbu yosh toifasida 309 182 ta tug‘ilish qayd etilgan.
25 yoshgacha bo‘lgan otalar bo‘yicha ko‘rsatkich 34 526 nafarni tashkil qilgan. 40–59 yosh toifasidagi otalar bilan bog‘liq tug‘ilishlar soni 29 403 taga yetgan.
60–69 yoshdagi otalar kesimida 249 ta holat qayd etilgan. 70 yosh va undan katta otalar bo‘yicha esa 29 ta tug‘ilish ro‘yxatga olingan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…