Navoiydagi xususiy bog‘chada bolalarni kaltaklagan tarbiyachi qo‘lga olindi

1 daqiqa o'qish994
Navoiydagi xususiy bog‘chada bolalarni kaltaklagan tarbiyachi qo‘lga olindi

Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatiga ko‘ra, Navoiy shahridagi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarga nisbatan qo‘pol muomala qilgan va ularni kaltaklagan tarbiyachiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Joriy yil 8 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda ushbu bog‘cha tarbiyachisi bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qilgani aks etgan video tarqalgan. Holat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor surishtiruvlar davomida voqea 7 aprel kuni Navoiy shahar “Yangiariq” MFY hududidagi xususiy bog‘chada sodir etilgani aniqlangan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2003 yilda tug‘ilgan tarbiyachi E.N. o‘z guruhidagi bolalarni tartibga solish bahonasida muntazam ravishda urib, ularga jismoniy va ruhiy bosim o‘tkazib kelgan. U bolalarning himoyasiz holatidan foydalanib, bir necha bor zo‘ravonlik qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 110 moddasi 2 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?