
“TurStat” tahliliy agentligi 2017 yil yoz mavsumida sayohat qilish uchun Mustaqil davlatlar hamdo‘stligining eng mashhur shaharlari reytingini tuzdi.
Shaharlar reytingining yuqori o‘rinlarini Qozog‘iston, Ozarbayjon, Belorussiya, Armaniston va O‘zbekiston poytaxtlari egalladi.
Reyting sayohat uchun takliflar va mehmonxonalarni onlayn tarzda band etish tizimi ma’lumotlarini tahlil qilish natijalariga asosan tuzildi.
“TurStat” ma’lumotlariga ko‘ra, sayyohlar Toshkentga o‘rtacha hisobda 2,5 kunga tashrif buyuradi va bir sutka mehmonxonada yashash uchun 45 dollar sarflaydilar.
Turistlar uchun MDHdagi eng arzon shaharlar – Ashxobod va Bishkek, eng qimmatlari esa – Ostona va Boku ekan.
Shunday qilib, 2017 yilda yozgi sayohat uchun MDHning 10 ta eng mashhur shahari reytingi bilan tanishing:
1. Ostona (Qozog‘iston)
2. Boku (Ozarbayjon)
3. Minsk (Belarus)
4. Erevan (Armaniston)
5. Toshkent (O‘zbekiston)
6. Olmaota (Qozog‘iston)
7. Kishinev (Moldova)
8. Bishkek (Qirg‘iziston)
9. Kiev (Ukraina)
10. Ashxobod (Turkmaniston) “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar