10:48 / 26.06.2017
6 488

Toshkentda o‘zini prokuratura xodimi sifatida tanishtirgan tovlamachilar qo‘lga olindi

Toshkentda o‘zini prokuratura xodimi sifatida tanishtirgan tovlamachilar qo‘lga olindi
2017 yilning 29 may kuni taxminan soat 13:00 larda, ikki nafar noma’lum shaxslar, Yashnobod tumani hududida fuqaro Iosipov Konstantin Stanislavovich (jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan) boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinaga o‘tirib, o‘zlarini prokuratura idoralari xodimlari sifatida tanishtirib, uni jinoiy javobgarlikka tortish bilan qo‘rqitib, tovlamachilik yo‘li bilan 9.600.000 so‘mlik mol-mulkini qo‘lga kiritganlar. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 2-qismi “v” bandi (tovlamachilik, ya’ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, o‘zgadan mulkni berishni talab qilish, jabrlanuvchini o‘z mulkini berishga majbur qiladigan sharotiga solib qo‘yish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Isakdjanov Davron Baxtiyorovich va Ishmatov Umid Hasanovichlar sodir etishganligi aniqlangan.

D.B.Isakdjanov va U.X.Ishmatovlarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.

Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda o‘zini prokuratura xodimi sifatida tanishtirgan tovlamachilar qo‘lga olindi