O‘rikzorda g‘alati hodisa: ayol yuqori kuchlanishli elektr ustunidan o‘zini tashamoqchi bo‘ldi

O‘rikzorda g‘alati hodisa: ayol yuqori kuchlanishli elektr ustunidan o‘zini tashamoqchi bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘rikzor hududida sodir bo‘lgan noodatiy va xavfli hodisa aks etgan videolar tarqaldi. Unda bir ayol yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasiga tegishli temir ustunga chiqib olib, undan tushishni istamayotgani tasvirlangan.

Guvohlarning aytishicha, atrofdagilar ayolni pastga tushirishga bir necha bor uringan. Hatto unga pul berish taklif qilingan bo‘lsa-da, u ustunni mahkam ushlab, joyidan qimirlamagan.

Shundan so‘ng voqea joyiga tegishli xizmat xodimlari yetib kelib, ayolni xavfsiz tarzda pastga tushirishgan.

Mazkur holat aks etgan videolar internet foydalanuvchilari orasida turli munozaralarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar vaziyatga hazilomuz munosabat bildirgan bo‘lsa, bunday holatni kulgi emas, inson hayoti va xavfsizligi bilan bog‘liq jiddiy vaziyat sifatida baholash lozim.

Hozircha ayol nima sababdan elektr ustuniga chiqqani va uning sog‘lig‘i haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar