Andijon viloyati Ulug‘nor, Bo‘z hamda Shahrixon tuman hokimliklarida mazkur tumanlarning faollari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 13 iyundagi sudyalar bilan uchrashuvidagi ma’ruzasini aholiga etkazish yuzasidan yig‘ilishlar o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Andijon viloyat iqtisodiy sudining raisi A.Shukurullaev, Andijon viloyat iqtisodiy sudi sudyasi D.Kasimov, fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘z tumanlararo sudi raisi v.b. S.Yulchieva, Bo‘z tumanlararo iqtisodiy sudi raisi v.b. U.Saydaxmedov va jinoyat ishlari bo‘yicha Ulug‘nor, Bo‘z Shahrixon tuman sudi sudyalari qatnashdi.
Andijon viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 21 fevraldagi PF-4966-sonli Farmoniga asosan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida viloyatning 6 ta tumanida, ya’ni Andijon, Asaka, Bo‘z, Izboskan, Qo‘rg‘ontepa va Xo‘jaobod tumanlararo iqtisodiy sudlari tashkil etildi.
Mazkur yig‘ilishda Andijon viloyat iqtisodiy sudining raisi A.Shukurullaev so‘zga chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning sudyalar korpusi bilan bevosita tarixiy uchrashuvi bo‘lib o‘tganligini unda boshqa sohalar kabi odil sudlovni amalga oshiruvchi tizim ham kechagi kun bilan yashab bo‘lmasligini, ishimizga teran ko‘z bilan nazar solishligmizni, faoliyatimizni qaytadan tanqidiy ko‘rib chiqishni, xolislik va shaffoflikni ta’minlashni davr taqozo etayotganligini, lekin sud sohasidagi bugungi ahvol, ish faoliyati mutlaqo talabga javob bermasligini ta’kidladi.
“Bugungi kunda biz sudyalar shu vatan, shu xalq ravnaqi va iqboli uchun mas’uliyat va vijdonan, har bir qilgan qarorimizni adolatli va qonuniy qabul qilishimiz lozim”, - deya ta’kidladi Bo‘z tumanlararo sudi raisi v.b. U.Saydaxmedov.
Endilikda Andijon viloyatida har bir sudya tomonidan mavjud muammolarni hal etish uchun aholi bilan joylarda bir oyda kamida bir marta ochiq muloqotlar tashkil etiladi.
Bundan keyin viloyat sudyalari faoliyatiga, birinchi navbatda, aholidan tushayotgan shikoyatlar soni, ularning xalq bilan muloqot qilib, odamlarni qiynayotgan muammolarni qanday hal qilayotganiga qarab baho berilishi, bundan buyon sudyalarga xalqning o‘zi baho berishini, har qaysi sudyani keyingi muddatga tayinlash masalasini ko‘rishda ularning oxirgi ish joyidagi faoliyatini sinchiklab o‘rganishga alohida e’tibor qaratilishini, ayniqsa, har bir sudya faoliyat olib borgan hududda yashayotgan aholining, xususan, sudga ishi tushgan odamlar, keng jamoatchilikning fikri albatta hisobga olinadi.
Shuningdek, yig‘ilishda fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan sudyalarga savollar berishdi va javob olishdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin