Diqqat: “Yangi o‘zbekcha klaviatura” Telegramda firibgarlikning yangi turi kuzatilmoqda

Diqqat: “Yangi o‘zbekcha klaviatura” Telegramda firibgarlikning yangi turi kuzatilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, Telegramda firibgarlikning yangi turi kuzatilmoqda. Kiberjinoyatchilar foydalanuvchilarga telefon klaviaturasiga yangilangan o‘zbek alifbosini qo‘shib berishni va’da qiluvchi havolalar va APK fayllarni yubormoqda.

Bunday fayllarni o‘rnatish xavfli bo‘lishi mumkin. Shu sababli noma’lum manbalardan yuborilgan havolalarga kirmaslik va APK fayllarni yuklab olmaslik tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, telefon klaviaturasining tili va tartibi odatda qurilma sozlamalari yoki klaviatura ilovasining o‘z sozlamalari orqali o‘zgartiriladi. Shu bois yangi o‘zbekcha klaviaturani o‘rnatish bahonasida yuborilgan shubhali fayllarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish lozim.

Agar sizga shunday xabar kelgan bo‘lsa, faylni ochmang va uni boshqalarga ham yubormang.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar