18 253
Qabul tugaganda yangi pedagogika instituti tashkil etilmoqda. Xo‘sh, unga kimlar qabul qilinadi?
Avval xabar berganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev “Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini tashkil etish to‘g‘risida” qarorni imzoladi.
Qarorga ko‘ra, Xalq ta’limi vazirligi tarkibida Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti tashkil etiladi.
Maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari uchun yuqori malakali o‘qituvchilarni talab darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash yangi tashkil etilishi kutilayotgan institutning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi 2017/2018 o‘quv yili uchun Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining talabalari kontingentini Toshkent viloyatida doimiy yashayotgan Toshkent davlat pedagogika universiteti va boshqa turdosh oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirib, mazkur ta’lim muassasalariga belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida o‘qishga qabul qilinmagan mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari abiturientlari hisobidan, Toshkent viloyati tumanlari ta’lim muassasalari ehtiyojlarini inobatga olgan holda shakllantiriladi.
Mazkur institutga 2017/2018 o‘quv yili uchun talabalar o‘qishga amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori bo‘yicha tasdiqlangan kvota doirasida qabul qilinadi.
Chirchiq akademik liseyi hamda Chirchiq ijtimoiy-iktisodiyot kasb-hunar kollejiga tegishli binolar va inshootlar hududlari bilan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti tasarrufiga o‘tkaziladi. Ushbu ikki ta’lim muassasining 2 va 3 kurs o‘quvchilari bitirgunlariga qadar institut binosida ta’lim oladilar. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin