
Avvalroq, 3 avgust kuni Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatida yirik YTH sodir bo‘lgani, jarohatlanganlar orasida 6 nafar O‘zbekiston fuqarolari borligi haqida xabar bergan edik. Keyinroq, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Issiqko‘lda ro‘y bergan YTH oqibatida jabrlangan o‘zbekistonliklar ro‘yxatini e’lon qildi, deb xabar qilmoqda Qalampir.uz nashri.
Kecha, 4 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining bortida tibbiyot xodimlari bo‘lgan samolyotini jarohatlanganlarni olib kelish uchun jo‘natishga buyruq berdi. Bu haqda saytimiz manbalari xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, jarohatlanganlar orasida 10 yoshli Igor Orlovga jarrohlik amaliyoti zarur. Undan tashqari, qolgan 5 kishi ham ushbu samolyotda O‘zbekistonga olib kelindi.
Xabarlarga qaraganda, bugun, 5 avgust kuni soat 8:00 da samolyot Toshkent-Sharqiy aerodromiga qo‘ngan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar